Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurtimizda 99 yoshli onaxon koronavirusdan tuzaldi

Yurtimizda 99 yoshli onaxon koronavirusdan tuzaldi

Foto: SSV

2021-yil 14-mart kuni Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 1922-yilda tug‘ilgan fuqaro T.T. koronavirus tashxisi bilan olib kelingan. Bemorda o‘tkazilgan PZR testi natijalari musbat chiqqan, rentgen tekshiruvlarida ikki tomonlama gidrotoraks suyuqlik aniqlangan.

«Davolash jarayonida torakal jarrohlik yo‘li bilan  bemorning o‘pkasidan 10 kun davomida 4 marta, jami 2 litr suyuqli olindi. Bemor kichik operatsiyadan ham muvaffaqiyatli chiqdi, ikki hafta davomida intensiv davo muolajalari o‘tkazildi. Shu tarzrda bemorning ahvoli ijobiy tomonga o‘zgara boshladi. Nihoyat, muolajalardan so‘ng olingan PZR testi  manfiy natijani ko‘rsatdi», — deydi shifoxonaning reanimatsiya bo‘limi mudiri Dono Jo‘lamanova.

Bundan tashqari, bemorda hamroh kasalliklar ham mavjud bo‘lgan.  Bemordagi yurak yetishmovchiligi asoratlari ham tezda bartaraf etildi.

Shunday qilib, shifokorlarimizning to‘g‘ri tanlangan tizimli muolajalari sabab 99 yoshli bemor onaxon koronavirusdan butkul sog‘ayib, o‘z uyiga ruxsat berildi, deya xabar berdi SSV.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring