Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoshlar ishlari agentligi raisi o‘rinbosari o‘zida COVID-19 alomatlari borligini ma’lum qildi

Yoshlar ishlari agentligi raisi o‘rinbosari o‘zida COVID-19 alomatlari borligini ma’lum qildi

Yoshlar ishlari agentligi raisi o‘rinbosari Dilnoza Kattaxonova.

Yangi tashkil qilingan Yoshlar ishlari agentligi raisi o‘rinbosari Dilnoza Kattaxonova instagram sahifasi orqali o‘zida COVID-19 alomatlari sezilayotganini ma’lum qildi.

«Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat jiddiy tus oldi do‘stlar. Avvaliga men ham unchalik ishonmagandim, afsusdaman...

Bugun esa o‘zimda va yaqinlarimda uning alomatlarini kuzatyapman, tanishlarim ham kasallanishdi.

Ko‘cha-ko‘yda karantin qoidalariga beparvo odamlar hali ham ko‘p ekanini ko‘rib havotirga tushdim.

Eng yomoni ko‘pchilikda kasallik alomatlarsiz kechyapti. Iltimos, o‘zingizni va yaqinlaringizni asrang, niqobsiz yurmang, ijtimoiy masofa saqlang. Karantin qoidalariga rioya qiling», – deb yozadi Dilnoza Kattaxonova.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashida ishlovchi bir necha xodimda koronavirus aniqlangan, shu sabab Markaziy kengash binosi karantinga yopilgan.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda prezident farmoni bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi negizida Yoshlar ishlari agentligi tashkil etilgandi. Shuningdek, Prezident qarori bilan Alisher Sa’dullayev Yoshlar ishlari agentligi direktori lavozimiga tayinlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring