Yon qo‘shnilarimizda «Omikron» aniqlandi
Qozog‘istonning Olmaota va Nur-Sulton shaharlaridagi bemorlardan olingan namunalarda «Omikron» shtammi aniqlandi. Yangi shtamm sakkizta namunada, jumladan, yettitasi Olmaota shahrida va bittasi Nur-Sultonda aniqlangan.
Jami tekshiruv namunalarining 71 foizida «Delta», 16 foizida «Delta plyus» varianti, 4,7 foizida koronavirus shtammining boshqa variantlari aniqlangan.
«Omikron» shtammining o‘ziga xos xususiyatlari yuqori yuquvchanlik, qayta kasallanish xavfini oshiradi. Yuqori nafas yo‘llarida «Omikron» shtammi «Delta» variantiga qaraganda 70 marta tezroq ko‘payadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter