Yangi Zelandiyada koronavirusni yuqtirgan bir nafar bemor qoldi

Yangi Zelandiyada 10 kundan beri koronavirusni yuqtirish holati bittayam qayd etilmadi.
Ayni paytda COVID-19 bilan kasallangan bir bemor qolmoqda. Shifokorlar uning holatini qoniqarli baholashgan, buni bemor kasalxonada emas, uyida davolanayotganidan ham bilsa bo‘ladi.
Yangi Zelandiyada koronavirus infeksiyasi birinchi marta 28-fevral kuni qayd etilgandi. Shundan beri 1504 ta holat qayd etilib, 22 nafar bemor virus qurboniga aylandi. 1481 nafar inson bu sinovdan eson-omon o‘tib oldi.
Mamlakatda virus tarqaganidan keyin joriy etilgan cheklovlarning ko‘pi 13-may kuni olib tashlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter