Yangi bemorlarning barchasi Toshkent shahri hamda viloyatida aniqlandi
2020-yil 8-avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 29652 (+193) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 131 nafari Toshkent viloyatida, 62 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Zangiota tumanida yashagan 53 yoshli D.T. (ayol) hamda Sergeli tumanida yashagan 64 yoshli A.Z. (erak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 328 nafar, Toshkent viloyatida 215 nafar, Surxondaryo viloyatida 30 nafar, Samarqand viloyatida 21 nafar, Namangan viloyatida 17 nafar, Farg‘ona viloyatida 11 nafar hamda Navoiy viloyatida 4 nafar, jami 626 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib yurtimizda 21006 (+626) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (70 foiz) sog‘aygan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter