Yana uchta hududda yuzdan ortiq koronavirus holati qayd etildi

2020-yil 30-avgust soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 41528 (+104) nafarni tashkil etmoqda.
SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 74 nafari Toshkent viloyatida, 22 nafari Sirdaryo viloyatida hamda 8 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Chilonzor tumanida yashagan 71 yoshli M.X. (ayol), Olmazor tumanida yashagan 64 yoshli T.J. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 285 nafar, Toshkent viloyatida 114 nafar, Samarqand viloyatida 20 nafar, Andijon viloyatida 10 nafar, Buxoro viloyatida ham 10 nafar, Qashqadaryo viloyatida 7 nafar, Surxondaryo viloyatida 5 nafar, Navoiy viloyatida 4 nafar, Namangan viloyatida 3 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib yurtimizda 38819 (+460) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2394 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter