Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana rekord. Bir kunda 750 kishi sinovdan omon chiqdi

Yana rekord. Bir kunda 750 kishi sinovdan omon chiqdi

Bugun mamlakatimiz hududlarida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 743 nafari sog‘aydi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, 441 nafari Toshkent shahridagi 17 ta shifoxonada, 152 nafari Toshkent viloyatida, 48 nafari Sirdaryo viloyatida, 33 nafari Andijon viloyatida, 16 nafari Surxondaryo viloyatida, 15 nafari Qashqadaryo viloyatida, 13 nafari Farg‘ona viloyatida, yana 13 nafari Namangan viloyatida, 6 nafari Buxoro viloyatida va yana 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha so‘nggi rekord natija kecha, 29-iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda mamlakatimizning turli hududlarida 672 nafar bemor tuzalgandi.

Shunday qilib, yurtimizda 13 680 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 59 foizni tashkil qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring