Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xurrak bilan COVID-19ning og‘ir kechishi o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?

Xurrak bilan COVID-19ning og‘ir kechishi o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?

Foto: «Twitter.com»

Finlyandiya molekulyar tibbiyot instituti va Xelsinki universiteti olimlari xurrak otuvchi odamlar koronavirusni og‘irroq o‘tkazishini aniqlashdi. Tadqiqot chog‘ida ular 300 dan ziyod bemorning ahvolini o‘rganishgan.

Xurrak shunchaki noqulay holat emas, balki nihoyatda xavfli dard alomati — obstruktiv apnoe sindromi hisoblanadi. Bunda uyqu paytida 10 soniyadan ortiq vaqt davomida beixtiyor nafas to‘xtab qoladi. Natijada odam vaqti-vaqti bilan uyg‘onadi, kunduzi esa o‘zini horg‘in va holsiz sezadi.

Yangi tadqiqot xurrakning noma’lum xavfini aniqlab berdi. Koronavirusga chalingan 305 nafar odamni o‘rgangach olimlar og‘ir bemorlarning aksar qismi (19,3%) apnoedan qiynalishini isbotlashdi.

Mualliflarning ta’kidlashicha, xurrak ortiqcha vazn va ayrim surunkali kasalliklar bilan bir qatorda COVID-19 kechishini qiyinlashtiradigan omillardan biri hisoblanadi. Mazkur bog‘liqlik Finlyandiya shifoxonadan chiqish milliy reyestri va yuqumli kasalliklar milliy reyestri ma’lumotlari tahlil qilingandan so‘ng o‘z tasdig‘ini topdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring