Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyliklarga ikkinchi marta niqobsiz yurishga ruxsat berildi

Xitoyliklarga ikkinchi marta niqobsiz yurishga ruxsat berildi

Foto: «Chinacampus.ru»

Xitoy poytaxti Pekin shahrida COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirish holati kamaygani uchun aholiga ko‘chalarda niqobsiz yurishga ruxsat berildi. Bu haqda «Reuters» xabar berdi.

Ushbu qaror mahalliy hokimiyat tomonidan qabul qilingan. Chunki shaharda oxirgi 13 kun davomida biror marta ham kasallanish holati qayd etilmagan. Biroq aholinig ko‘pgina qismi haliyam niqob taqishda davom etyapti, deya ta’kidlagan agentlik muxbiri. Jumladan, odamlar niqobsiz yurgani uchun ayblanishidan qo‘rqib qolishgan.

Pekinda niqob cheklovi ikkinchi marta bekor qilinyapti. Birinchi safar bunday qaror aprel oyida qabul qilingandi. Biroq iyunda virus tarqalgach bu qoida yana joriy etilgan.

So‘nggi besh kun ichida Xitoy mamlakat ichkarisida birorta ham yuqtirish holati haqida xabar bermadi. Shunga qaramay, 20-avgust kuni 22 ta koronavirus holati chetdan kirib kelgani ma’lum bo‘ldi. Shu munosabat bilan Xitoy deyarli barcha fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun chegarani yopib qo‘ydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring