Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoydagi butun boshli shahar kovid-karantinga olindi

Xitoydagi butun boshli shahar kovid-karantinga olindi

Foto: «Sinxua»

Xitoy shimoli-g‘arbidagi Gansu provinsiyasining ma’muriy markazi — Lanchjou shahri yopiq boshqaruv shakliga o‘tkazildi. Bu haqda «Sinxua» axborot agentligi xabar berdi.

Shahar ma’muriyati bergan ma’lumotga ko‘ra, har bir turarjoy majmuasida bittadan kirish-chiqish joyi qoldiriladi. Shahar aholisining harakatlanishi, istisnoli holatlarni soqit qilganda, to‘liq nazorat qilinadi.

Ayni paytda Lanchjouda koronavirus bo‘yicha test olishning umumshahar uchinchi bosqichi o‘tkazilmoqda.

Maktab va bog‘chalardagi odatiy ta’lim to‘xtatilgan. Oliy va o‘rta ta’lim muassasalari yopiq turdagi boshqaruvga o‘tkazilgan.

Cheklovlardan maqsad — kovid infeksiyasi tarqab ketishining oldini olish. Gansuda 18-oktyabrdan 25-oktyabrgacha 51 kishida koronavirus aniqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring