Xitoyda yana «eski balo» bosh ko‘tarmoqda
Xitoy rasmiylari o‘tgan kun davomida 27 595 ta yangi koronavirus infeksiyasi yuqtirish holatini qayd etdi va bu pandemiya uchun yangi antirekordga aylandi, deya yozadi Eura Asia Daily.
Xitoy Gigiyena va salomatlik davlat qo‘mitasining 11 aprel kuni e’lon qilingan ma’lumotlari ham buni tasdiqlaydi.
Bu ko‘rsatkich ikki kun avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 15,3 foizga yuqori bo‘lib, roppa-rosa bir hafta oldin qayd etilgan o‘sish dinamikasidan ikki baravar yuqori bo‘ldi.
Departamentning keng tarqalgan bayonotida ta’kidlanishicha, yakshanba kuni aniqlanganlar orasida isitma, yo‘tal va darmonsizlik bor-yo‘g‘i 1184 kishida aniqlangan, qolgan 26411 nafari asemptomatik tashuvchilardir. Kasallangan shaxslardan faqat 86 nafari chet eldan kelgan. Hozirda davolanayotganlar soni 242 ming kishidan oshib ketdi, bu 4 apreldagi raqamdan ikki barobar ortiqdir.
Avvalroq JSST tadqiqotchilari COVID-19ning eng yuqumli varianti aniqlanganini e’lon qilgandi. Unga «XE» deb nom berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter