Xitoy koronavirusdan zarar ko‘rgan davlatlarga ikki milliard dollar ajratmoqchi
Xitoy koronavirusdan zarar ko‘rgan mamlakatlarga, ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlarga yordam berish maqsadida keyingi ikki yil davomida 2 milliard dollar ajratadi, dedi XXR raisi Si Szinpin. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
«COVID-19 ga qarshi xalqaro hamkorlikni rag‘batlantirish maqsadida Xitoy zarar ko‘rgan mamlakatlar, ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda koronavirusga qarshi kurashishga yordam ko‘rsatish uchun keyingi ikki yil davomida 2 milliard dollar ajratadi», — dedi Xitoy rahbari videokonferensiya tartibida o‘tayotgan Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 73-sessiyasida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter