Xavfli kasallikning yangi shtammi juda tez tarqalmoqda
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning «Britaniya» shtammi 41 ta mamlakat va hududlarda aniqlanganligini tasdiqladi, deb yozadi «RIA Novosti».
Tashkilot 5-yanvar holatiga ko‘ra shunday vaziyat yuzaga kelganini izohladi. Gap «kam sonli holatlar» haqida bormoqda. Shuningdek, dastlab JARda topilgan mutatsiya oltita mamlakatda aniqlandi.
O‘tgan yilning dekabr oyida Buyuk Britaniyada SARS-CoV-2 koronavirusining yangi mutatsiyasi aniqlangani ma’lum bo‘ldi. Janubiy Afrika Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ham genetika mutaxassislari mamlakat uchun yangi koronavirus mutatsiyasini aniqlaganligini tushuntirdi. U 501.V2 deb nomlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter