Virusolog koronavirus qachon yo‘qolishini taxmin qildi
Koronavirus infeksiyasi haddan tashqari keng tarqalib ketdi. Endi butunlay yo‘qolmasligi ehtimoldan xoli emas, deb hisoblaydi Sechenova universiteti tibbiy parazitologiya, tropik va transmissiv kasalliklar instituti direktori Aleksandr Lukashev. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 ni to‘liq bartaraf etilgan atipik pnevmoniya bilan taqqoslab bo‘lmaydi.
«U yo‘qolmaydi, allaqachon juda keng tarqalishga ulgurdi, oson yuqadi, dunyoning barcha mamlakatlarida bor. Bu virus biz bilan bir umr qolishi ehtimoldan xoli emas», — deydi shifokor «Govorit Moskva» radiostansiyasiga bergan izohida.
Lukashev, shuningdek, kelgusida koronavirus ijtimoiy xavf bo‘lib qolmasligini ham taxmin qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter