Virus ninzaga o‘xshaydi: organizmda yashiringan holda ko‘payadi
Gonkonglik olimlar xulosasiga ko‘ra, COVID-19 infeksiyasi SARS pnevmoniyasi tarqalishiga sabab bo‘lgan virus shtammiga qaraganda uch baravar ko‘p patogen ishlab chiqaradi, ustiga-ustak, yangi koronavirus yaxshiroq «berkinadi», deb yozadi «South China Morning Post» gazetasi.
Olimlar koronavirusni yuqtirgan olti nafar bemorning o‘pka to‘qimasi namunalarini tahlil qilishdi. Natijaga ko‘ra, COVID-19 virusi 48 soat ichida SARS virusiga qaraganda 3,2 baravar ko‘p patogen ishlab chiqargan. Shuningdek, yangi koronavirus immun va yallig‘lanuvchi reaksiyalarni sekinroq chaqirgan, bu esa uni aniqlashni qiyinlashtiradi.
«Virus ninzaga o‘xshaydi, u yallig‘lanish reaksiyasi va interferon darajasi past bo‘lgan organizm ichida ko‘payadi», — deydi olimlardan biri.
Nashrning ta’kidlashicha, kasallik belgilarining yo‘qligi yoki birgina yengil alomatlar butun dunyoda koronavirusni to‘xtatib qolishni qiyinlashtiryapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter