Vazir virusologiya shifoxonasidagi shifokor va hamshirani tabrikladi
Kecha, 1-aprel kuni Virusologiya ilmiy tekshirish institutidan nafaqat 4 nafar bemor sog‘ayib chiqdi, balki shu maskanda bo‘lim boshlig‘i, shifokor Malika Nizomxo‘jayeva va bo‘lim katta hamshirasi Dildora Imomxo‘jayevalarning tug‘ilgan kunlari ham nishonlandi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.
Ularni barcha ehtiyot choralarini ko‘rgan holda tashrif buyurgan Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovning shaxsan o‘zi tabrikladi.
«Sog‘ayib ketganlarni kuzatish chog‘ida vazirimiz bizning ham tug‘ilgan kunlarimizni hisobga olganlari kutilmagan hol bo‘ldi. Sovg‘alarini topshirdilar, ko‘nglimizni ko‘tardilar. Bemorlar tuzalib ketgan bir paytda bo‘lgan e’tibor tufayli kasbimdan juda g‘ururlandim. Ilohim hamma bemorlarimiz ham sog‘ayib, uylariga qaytishsin», – deydi shifokor Malika Nizomxo‘jayeva.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter