Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vaksina yaratilguniga qadar koronavirusni yengish usuli aytildi

Vaksina yaratilguniga qadar koronavirusni yengish usuli aytildi

Odamlarga koronavirus tarqalishining ko‘lami va bu bilan bog‘liq xavflar haqida to‘laqonli ma’lumot berish, shuningdek, ommaviy izolyasiya qilish epidemiyaning oldini olishga yordam beradi, dedi rossiyalik epidemiolog-shifokor Mixail Favorov.

Uning ta’kidlashicha, Xitoyning Uxan shahrida COVID-19 epidemiyasiga qarshi qattiq choralar ko‘rildi va vaqt o‘tishi bilan infeksiya yuqtirish soni kamayib bordi.

«11 millionlik aholisi bo‘lgan shahar ko‘chalarida «hayot to‘xtadi». Shaharni karantinga yopishdi va to‘liq nazorat o‘rnatildi, favqulodda choralar ko‘rildi. Bu tartibni buzganlar qattiq javobgarlikka tortila boshlandi va buning uchun ikki-uch yil emas, balki o‘n yilgacha qamoq jazosiga hukm qilish holati kuzatildi», – dedi epidemiolog.

Uning so‘zlariga ko‘ra, infeksiyaning yangi o‘choqlari paydo bo‘lishini oldini olish uchun odamlar uyda qolishlari kerak.

«Bunday xavfli kasalliklarga befarqlik izsiz qolmaydi. Italiyani misol qilaylik. Mamlakat ko‘plab qurbonlar bermoqda. COVID-19 voqeasi u yerda milliy fojiaga aylandi. Aholining o‘zini-o‘zi izolyasiya qilishi natijasidagina epidemiyani vaksina ishlab chiqilishiga qadar to‘xtatish mumkin», dedi shifokor.

Jon Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda kasallanganlar soni 710 mingdan ziyodni, vafot etganlar 33 ming nafardan ortiqni tashkil qilmoqda.

Koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda, infeksiyadan vafot etganlar soni bo‘yicha mamlakat Italiya (10779), Ispaniya (6606), Xitoy (3304), Eron (2640) va Fransiyadan (2606) oldinda bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring