Vaksina olgach bir necha hafta cho‘milmaslik tavsiya etilmoqda. Bu to‘g‘rimi?
AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva koronavirusga qarshi davolanish borasida aholi saqollariga javob berdi.
Vaksina qabul qilgandan so‘ng bir necha hafta cho‘milmaslik, badanni sovuq suvga urmaslik zarurligi aytilmoqda. Bu qanchalik to‘g‘ri?
Vaksina olgandan keyin vaksina qilingan joyga 3 kun muddatda suv tekizmaslik tavsiya qilinadi.
Vaksina insonni yelka mushagini orasiga yuborilishi, yuborilgan joyga umumiy cho‘milgan vaqtda suv tegishi mumkin. Shu bois, shifokorlar cho‘milmay turing deyishayotgandir.
Bugungi kunda bahor fasli, kunlar bilan tunlarda sovuq hamda issiq havo o‘zgarib turibti. Havoning bunday o‘zgarishi inson organizmiga ta’sir ko‘rsatadi va ayniqsa cho‘milgan odamlar organizmida sovuq qotish kabi holatlar kuzatiladi.
Bu esa organizm uchun ortiqcha stress va bu immun tizimga ta’sir qilib emlangandan so‘ng qo‘shimcha shamollashlar paydo bo‘lishini keltirib chiqarishi mumkin.
Xulosa qilganda, emlashdan keyin imkon qadar immun tizimga ta’sir qiluvchi odatlardan saqlanganingiz va salomatligingizni himoya qilganingiz maqsadga muvofiqdir, bu o‘z o‘rnida koronavirusga qarshi mustahkam immunitet hosil qilishga yordam beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter