KXDRda 500 kishi karantinga olingan
Ammo rasmiy Pxenyan KXDRda koronavirusga chalinganlar borligini inkor etib kelmoqda. Garchi mamlakat kasallik o‘chog‘i bo‘lgan Xitoy va Janubiy Koreya bilan chegaradosh bo‘lsa-da, hozirga qadar koronavirusga chalinganlar borligi haqida ma’lumot berilmagan.
2 aprel holatiga ko‘ra KXDRda 709 kishi — 11 nafar xorijlik fuqaro va 698 nafar mahalliy aholi vakillari testdan o‘tkazilgan. Ulardan kasallik aniqlangani xabar qilinmagan. Ayni vaqtda ikki xorijlik fuqaro va 507 nafar KXDR fuqarosi karantinda bo‘lib turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter