Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘shni davlatda koronavirus qurbonlari soni keskin ko‘payishiga sabab nima?

Qo‘shni davlatda koronavirus qurbonlari soni keskin ko‘payishiga sabab nima?

Foto: «Sputnik.kg»

Qirg‘izistonda o‘tgan bir kecha-kunduzda COVID-19 ga chalinganlar soni 1020 kishiga ko‘paydi, 70 kishi vafot etdi, deya xabar berdi «RIA Novosti».

«2020-yil 19-iyul holatiga ko‘ra respublika bo‘yicha shifoxonadan tashqari pnevmoniyani qo‘shib hisoblaganda 1020 ta yangi SOVID-19 holati qayd etildi», — dedi koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha respublika shtabi vakili.

Axborot agentligi suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan bir kecha-kunduzda koronavirus tufayli 70 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligi laboratoriyada tasdiqlangan COVID-19 holati bilan koronavirusga test natijalari salbiy chiqqan shifoxonadan tashqari pnevmoniya bemorlari statistikalarini umumlashtirishga qaror qildi. Shunga ko‘ra, hozirgi kunda Qirg‘izistonda COVID-19 bilan kasallanganlar umumiy soni 26532 kishiga yetdi. 1003 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring