Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda bir kunda qariyb 2 ming kishida koronavirus aniqlandi

Qozog‘istonda bir kunda qariyb 2 ming kishida koronavirus aniqlandi

Foto: «Yandex.com»

Qozog‘istonda o‘tgan bir kecha-kunduzda 1962 ta yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirish holati aniqlandi, umumiy kasallanganlar soni 53 021 kishiga yetdi, deya xabar berdi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash idoralararo komissiyasi.

Avvalroq sog‘liqni saqlash vazirligi 6 iyul holatiga ko‘ra mamlakatda koronavirus tufayli 264 ta o‘lim holati qayd etilganini ma’lum qilgandi. Qozog‘istonda o‘lim holati haqidagi ma’lumotlar har hafta yangilanadi. Sog‘aygan bemorlar soni 34,1 ming kishidan oshgan.

«1962 ta yangi koronavirus infeksiyasi holati qayd etildi, ulardan 753 nafari alomatli tashuvchilar, 1209 nafari alomatsiz tashuvchilar», — deyiladi komissiyaning Telegram kanalida.

O‘tgan bir kecha-kunduzda yangi kasallanish holati eng ko‘p Atirau (658), Olma-ota (177) va Qarag‘andada (150) qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring