Braziliyada yangi virusni yuqtirganlar soni 1,5 millionga yaqinlashib qoldi

Braziliyada COVID-19 ni yuqtirganlar soni 1,5 millionga yaqinlashib qoldi, deya xabar berdi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi.
Epidemiya boshlangandan buyon Braziliyada 1 496 858 ta COVID-19 bilan kasallanish holati qayd etildi. O‘tgan bir kecha-kunduzda 48 105 kishi COVID-19 ni yuqtirib oldi. Mamlakatda umumiy o‘lim holati 61 884 tani tashkil etmoqda. Bir kunda 1 252 nafar bemor hayotdan ko‘z yumgan. Jami 852 816 nafar bemor tuzalgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha qariyb 10,5 million kishi kasallikka chalingan bo‘lib, 512 ming nafari vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter