Uxanda yana koronavirus chiqdi!
Butun dunyoga koronavirus tarqagan Xitoyning Xubey provinsiyasi markaziy shahri Uxanda yana koronavirus aniqlandi.
Bu haqda Xubey provinsiyasi sog‘liqni saqlash qo‘mitasi ma’lum qildi.
Kasallikni yuqtirgan bemorning ahvoli og‘ir. Xubeyda koronavirusning 17 nafar simptomsiz tashuvchisi aniqlangandi, shulardan birining kasali rivojlanib ketgan.
Xitoy hukumati koronavirus statistikasini yuritishda faqat COVID-19 ga testi musbat chiqqanlar va kasallik alomatlari bo‘lganlarni hisobga oladi.
Masalan, Xubeyda ayni paytda virusni simptomsiz tashuvchi 616 kishi shifokorlar nazorati ostiga olingan.
Uxandagi shifoxonalarda koronavirusga chalingan birorta ham bemor qolmagani haqida ilgari xabar bergandik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter