Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uxan shifoxonasi COVID-19ga chalingan so‘nggi bemorga javob berdi (video)

Uxan shifoxonasi COVID-19ga chalingan so‘nggi bemorga javob berdi (video)

Foto: «Pixabay»

Xitoyning Uxan shahridagi kasalxonalarda koronavirus bilan og‘rigan bittayam bemor qolmadi, deyiladi «Izvestiya» xabarida.

Eng oxiri bo‘lib 77 yoshli janob Dinga javob tegdi. Bu bemor klinikada bir oy yotdi. Keksa erkakda ham qon bosimi yuqori, ham osteonekroz bo‘lgani uchun kasali og‘ir kechdi.

An’anaviy davolashdan naf chiqmagach, shifokorlar unga tuzalib ketgan bemorlar qon plazmasini quyishgan va nihoyat test natijasi manfiy chiqishiga erishishgan.

Xitoyda pandemiya boshlanganidan beri 82 836 kishi koronavirusni yuqtirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring