Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukoldan qo‘rqadiganlar uchun: koronavirusga qarshi hapdorilar sinovi boshlandi

Ukoldan qo‘rqadiganlar uchun: koronavirusga qarshi hapdorilar sinovi boshlandi

Illyustrativ foto

Dushanba, 27-sentyabr kuni «Pfizer»  kompaniyasi vakillari COVID-19ga qarshi hapdorilar (tabletkalar) sinovi boshlanganini ma’lum qilishdi. «Medical Xpress» yangi dori oldingilaridan nimasi bilan farq qilishiga oydinlik kiritdi.

Virusga qarshi hapdorilar g‘oyasi yangilik emas, bir nechta farmatsevtika kompaniyasi ishga kirishib ketgan. Bu dorilar xuddi «Tamiflyu» kabi ta’sir kuchiga ega, ya’ni kasallikning og‘ir shaklga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi.

«Pfizer» kompaniyasi PF-07321332 sinovlarini boshlamoqda: bu o‘tgan yilning mart oyida yaratishga kirishilgan va aynan koronavirusga qarshi kurashga mo‘ljallangan ilk dori.

Sinovlarda COVID-19ni yuqtirgan 2 660 kishi qatnashadi. Dorining samaradorligi VIChga qarshi yangi dori — ritonavir bilan birgalikda sinab ko‘riladi. Sinovda qatnashayotganlarning ayrimlari 5–10 kun davomida kuniga ikki marta PF-07321332 va ritonavirni, ba’zilari esa platseboni qabul qilishadi.

Tadqiqotdan maqsad — dorining qo‘llanilishi kasallikni davolashning 14-kuniga borganida qanchalik xavfsiz va samarali ekanini aniqlashdir. Agarda ijobiy natijaga erishilsa, yangi doridan kasallikni davolashda foydalansa bo‘ladi: faqat kasallikning dastlabki bosqichlarida tavsiya etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring