Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga qarshi kurashda D vitamini juda muhim — olimlar

Koronavirusga qarshi kurashda D vitamini juda muhim — olimlar

Foto: «Global Look Press»

Britaniyalik olimlar D vitamini koronavirusga qarshi kurashda muhim ahamiyat kasb etishini aniqlashdi.

Mutaxassislar tomonidan ta’kidlanishicha, D vitamini yetishmovchiligi bor insonlar koronavirusga chalinishi xatarlidir. Qirolicha Yelizaveta fondi shifoxonasi va Sharqiy Angliya universiteti tadqiqotchilari olib borgan tadqiqotlar shunday natijaga olib kelgan.

D vitamini ingichka ichakda kalsiy va fosforni o‘zlashtirishda yordam beradi. Bu vitamin taqchilligi ayniqsa yoshi katta insonlarda kuzatiladi va ular shusiz ham koronavirusga qarshi kurashda xatar guruhida hisoblanadi.

Mutaxassislar ovqatlanishga e’tibor qaratishni va immunitetni mustahkamlaydigan taomlar iste’mol qilishni so‘ramoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring