Uch yarim soat ichida yana bir necha kishida koronavirus aniqlandi
2020-yil 23-aprel soat 22:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1758 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Avvalroq 23-aprel soat 19:00 holatiga ko‘ra bemorlar soni 1735 nafarga yetgani e’lon qilingandi. O‘tgan soatlar mobaynida yana 23 nafar yangi bemor qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda kasallikdan tuzalganlar soni 561 nafar, vafot etganlar 7 nafarni tashkil qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter