Uch hududda yangi bemorlar qayd etildi
2020-yil 21-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 17 881 (+126) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 84 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 34 nafari Qashqadaryo viloyatida, 8 nafari Toshkent viloyatida profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasida 5 nafar hamda poytaxtimizda uy sharoitida 8 nafar, Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasasida 36 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar, Sirdaryo viloyatida 3 nafar, jami 58 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 9 521 (+58) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter