Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada sayohat mavsumi qachon ochiladi?

Turkiyada sayohat mavsumi qachon ochiladi?

Foto: «Turkish Forum»

Turkiyada may oyi oxiriga borib ichki turizm uchun hududlar ochilishiga umid qilishyapti.

Mamlakat madaniyat va turizm vazirligi rahbariyati aprel oxiri yoki may oyi boshlarida koronavirus pandemiyasida katta burilish sodir bo‘lishini kutishyapti. Agar bu amalga oshsa, may oyi oxirlarida ichki sayyohlik yo‘nalishlari ochilishiga ruxsat tegishi mumkin.

Ammo xorijlik sayyohlar qachondan mamlakat hududiga qo‘yiladi — noma’lum. Katta ehtimol bilan ilk chet ellik sayyohlar osiyoliklar bo‘ladi, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun: Turkiya — koronavirusni yuqtirish bo‘yicha  dunyodagi 8-mamlakat (bugun Xitoydan o‘tib ketishga juda yaqin turibdi), jami kasallanganlar soni — 82329 nafar, vafot etganlar — 1890 nafar, shifo topganlar — 10453 nafar. Oxirgi uch kundan beri yaxshi tendensiya kuzatila boshlandi, kasallanishlar soni kamayishni boshladi: 16 aprelda — 4801, 17 aprelda — 4353, 18 aprelda — 3783 nafar bemor aniqlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring