Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada koronavirusni yuqtirganlar soni bir kunda uch baravar ko‘paydi

Turkiyada koronavirusni yuqtirganlar soni bir kunda uch baravar ko‘paydi

Foto: «Yandex»

Turkiyada koronavirusni yuqtirganlar soni o‘tgan bir kecha-kunduzda 18 kishidan 47 kishiga yetgan, deya xabar berdi «RIA Novosti».

«Bugun kasallikni yuqtirish bo‘yicha 29 ta yangi holat tasdiqlandi. Bizda kasallanganlar soni 47 kishiga yetdi. Oxirgi kasallanganlar AQSh, Yaqin Sharq va Yevropa bilan bog‘liq. Kasallanganlarning uch nafari Saudiya Arabistonidan ziyorat safaridan qaytib kelishgan. Chegaralar tufayli kasallikni yuqtirish xavfi yuqoriligicha qolmoqda», — deb yozadi sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja «Twitter»da.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring