Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada jamoat transportida tik turish taqiqlab qo‘yildi

Turkiyada jamoat transportida tik turish taqiqlab qo‘yildi

Foto: «39rus.org»

Koronavirus bilan kasallanishlar soni ko‘paygani sababli Turkiyada jamoat transportida tik turish taqiqlab qo‘yildi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qilgan, deb yozadi «RIA Novosti».

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, kasallanishlar soni ko‘paygani bois qahvaxona va restoranlar ham qat’iy nazorat qilinadi. Shuningdek, niqob taqmagan va ijtimoiy masofa saqlamagan fuqarolar jarimaga tortilishini eslatib qo‘ydi.

Avvalroq Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja mamlakat koronavirus pandemiyasining birinchi to‘lqini ikkinchi cho‘qqisini boshdan o‘tkazayotganini e’lon qilgandi. Bunday vaziyatga to‘y marosimlari hamda bayramlarda xavfsizlik qoidalariga amal qilmaslikni sabab qilib ko‘rsatgan. Shunga qaramay, vazir mamlakatda vaziyat nazorat ostida ekanligini ta’kidlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring