Turkiyada bir sutkada 343 kishi koronavirusga yo‘liqdi

Turkiyada koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni bir sutkada 1529 nafardan 1872 nafarga oshdi, halok bo‘lganlar soni esa 37 nafardan 44 nafarga ko‘paydi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri ma’lum qildi.
«So‘nggi 24 soat ichida 3952ta test o‘tkazildi, shundan 343tasida ijobiy natija chiqdi. Yetti kishi hayotdan ko‘z yumdi», dedi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter