Toshkentda yana aholi orasida virus yuqtirish holatlari aniqlandi. 12 bemor og‘ir ahvolda
2020-yil 18-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5697 (+15) nafarni tashkil etmoqda.
Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 6 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olinganlar orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 4131 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (72 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 1547 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir ahvolda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter