Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda koronavirusga chalingan yana 113 bemor aniqlandi

Toshkentda koronavirusga chalingan yana 113 bemor aniqlandi

Foto: «Yandex»

2020-yil 19-iyul soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16 607 (+178) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bergan.

Yangi kasallanish holatlarining 65 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 113 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 26 nafar, Sirdaryo viloyatida 14 nafar hamda Andijon viloyatida 11 nafar, jami 51 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 9 178 (+51) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 7 344 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring