Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda koronavirusdan vafot etgan 47 yoshli ayol haqida ma’lumot berildi

Toshkentda koronavirusdan vafot etgan 47 yoshli ayol haqida ma’lumot berildi

Foto: «Xabar.uz»

SSV xabariga ko‘ra, koronavirusga chalingan poytaxtlik 47 yoshli bemor o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 47 yoshli M.K. (ayol)da joriy yil 5-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va u Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasi, yurak ishemik kasalligi tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator disstres sindrom, nafas va o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemorda gipertoniya hamroh kasalligi bo‘lgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring