Toshkent yana «koronavirus o‘chog‘i»ga aylanmoqda
Yurtimizda koronavirus bo‘yicha kunlik kasallanishlar soni ketma-ket uchinchi kun oshdi: so‘nggi sutkada yana 140 nafarga yaqin kishida koronavirus aniqlandi.
Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
2022-yil 27-noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 137 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
1 nafari Andijon viloyatida,
7 nafari Buxoro viloyatida,
4 nafari Jizzax viloyatida,
12 nafari Namangan viloyatida,
15 nafari Samarqand viloyatida,
2 nafari Farg‘ona viloyatida,
1 nafari Xorazm viloyatida,
14 nafari Toshkent viloyatida,
81 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter