Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘rtta hududda koronavirus holati qayd etildi

To‘rtta hududda koronavirus holati qayd etildi

Foto: «Yandex»

SSV ma’lum qilishicha, 2020-yil 29-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 22 585 (+211) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 111 nafari Toshkent shahrida, 47 nafari Surxondaryo viloyatida, 34 nafari Toshkent viloyatida hamda 19 nafari Xorazm viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 323 nafar, Toshkent viloyatida 148 nafar, Surxondaryo viloyatida 93 nafar, Sirdaryo viloyatida 29 nafar, Andijon viloyatida ham 29 nafar, Farg‘ona viloyatida 19 nafar, Namangan viloyatida 17 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 14 nafar, jami 672 nafar bemor tuzalib, rekord natija qayd etildi.

Shunday qilib, yurtimizda 12 937 (+672) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (57 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 517 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring