To‘ra Bobolovga oid mish-mishlarga oydinlik kiritildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovga oid noxush xabarlar tarqab ketdi. Viloyat hokimligi axborot xizmati vaziyatga oydinlik kiritdi.
«2020-yilning 24-iyul kuni ertalab soat 9:00 holatiga ko‘ra, ayni damda Toshkent shahrida davolanayotgan Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning holati yaxshi. Davolash taktikasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan standartlar asosida olib borilmoqda. Surxondaryo viloyati hokimi to‘liq davolanib, yaqin kunlarda ish faoliyatini davom ettiradi», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval To‘ra Bobolovning koronavirusga chalinib, davolash uchun Toshkentga olib kelingani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter