Emomali Rahmon Tojikiston koronavirusni yengganini e’lon qildi
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon parlamentga an’anaviy murojaatida koronavirus ustidan qozonilgan g‘alabani tilga oldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
«Tojikistonda hozir koronavirus yo‘q, u batamom yo‘q qilindi», — dedi prezident.
Davlat rahbari, shunga qaramasdan, barcha tojikistonliklar xavfsizlik choralariga rioya qilishda davom etishlari kerakligini uqtirdi.
Prezident Emomali Rahmon ma’lumot berishicha, Tojikiston hukumati 2020-yilda 145 million dollardan ortiq mablag‘ ajratdi — mamlakatda qisqa muddat ichida 30 ta yangi shifoxona qurib foydalanishga topshirildi.
Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun kovid-bemorlarga mo‘ljallab shifoxonalarda 7 mingdan ziyod o‘rinlar yaratildi, ularga 5400 nafar tibbiyot xodim xizmat ko‘rsatdi, dedi davlat rahbari.
Tojikiston shifoxonalarida 2021-yilning 13-yanvar holatiga koronavirus bilan kasallangan bittayam bemor qolmagani haqida xabar bergandik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter