Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikiston kasallanishlar soni bo‘yicha O‘zbekistonga deyarli yetib oldi

Tojikiston kasallanishlar soni bo‘yicha O‘zbekistonga deyarli yetib oldi

Foto: kabar.kg

Tojikistonda koronavirus yuqtirganlar soni 3,1 mingga yetdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan bir sutka mobaynida yana 171 kishida kasallik aniqlangan. Shunday qilib, Tojikistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3100 nafarga yetgan. Ayni paytda 1395 nafar kasallikdan tuzalgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 25-may soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3189 nafarni tashkil etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring