Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Terak momig‘i virus tashiydimi?

Terak momig‘i virus tashiydimi?

Foto: «V-chelny.ru»

Gipotetik jihatdan terak momig‘i virus tashuvchisiga aylanishi mumkin, deydi rossiyalik mutaxassis, tibbiyot fanlari doktori Galina Tarasova.

Biroq ko‘chada uchib yurgan momiqning kasallikni yuqtirish ehtimoli kam. Bu ko‘pgina omillarga bog‘liq. Oddiy tushuntirganda, agar oldinda ketayotgan xasta odam aksirib, uning balg‘ami momiqqa tushsa, momiq esa orqada kelayotgan sog‘lom odamning yuziga tushsa, kasallik yuqishi mumkin.

Shunga qaramay, harorat o‘zgaruvchanligi, quyosh nuri, yog‘ingarchiliklar virusning faolligini va yuqish ehtimolini kamaytiradi. Shu bois terakning gullashi kasallanish statistikasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi amrimahol.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring