«Tashkent City»da to‘y qilgan xonanda jarimaga tortildi
Xonanda Vohidjon Isoqov 14-sentyabr kuni «Tashkent City» parkida to‘y qilgani va unga ko‘plab shou-biznes vakillari tashrif buyurgani xabar qilingandi. Ushbu holatga Toshkent shahar IIBB o‘zi munosabatini bildirdi.
Qayd etilishicha, internet tarmog‘ida tarqalgan foto va videolarga ko‘ra mehmonlar soni 50 dan oshgan.
«Koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq yuqori xavf sharoitida bunday ishlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Ma’lum qilamizki, SEX ishchilari tomonidan mazkur fakt asosida tadbirni tashkillashtirgan 32 yoshli Voxidjon I. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54 moddasiga ko‘ra jarimaga tortildi. Unga EKIHning 5 baravari miqdorida jarima belgilandi.
Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Sanitariya-epidemiologiya talablariga jiddiy qarashingizni so‘raymiz. Turli marosimlar o‘zingizni va yaqinlaringizni hayotini xavf ostiga qo‘yish uchun sabab bo‘la olmaydi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter