Tailand koronavirusni aniqlashning yangi usulini qo‘llay boshladi
Tailandlik tibbiyot xodimlari bemorning so‘lagidan foydalangan holda organizmda koronavirusni aniqlashning yangi usulini qo‘llay boshladilar, dedi Tailandning koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash markazi matbuot kotibi Txavisin Visanuyotxin.
«Yangi usulga ko‘ra, tahlil uchun odamning so‘lagi olinadi. So‘lakni odamning o‘zi tibbiyot xodimlari bergan probirkaga to‘plab beradi va tahlil uchun mutaxassislarga topshiradi», — deyiladi Bangkokdagi hukumat saroyida o‘tkazilgan press-brifingda.
«Bu burun-halqumdan biomaterial to‘plashdan ko‘ra qulayroq va xavfsizroq usul hisoblanadi. Negaki, bunda bemor bilan tibbiyot xodimi o‘rtasida bevosita aloqa bo‘lmaydi. Shuning hisobiga kasallikni yuqtirish ehtimoli kamayadi», — deya izohladi Visanuyotxin.
Uning aytishicha, Tailandda «eski» va «yangi» usullarga ko‘ra kuniga 3 mingtacha test o‘tkaziladi. Ayni vaqtda o‘tkazilgan test natijalariga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni qariyb ikki baravar kamaygan.
«Hozir har 100 ta testda o‘rtacha 1,5 ta kasallikni yuqtirish holati qayd etilyapti. Aprelning boshlarida har 100 ta testga 2,8 ta koronavirusni yuqtirish holati qayd etilayotgandi», — dedi matbuot kotibi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter