Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ajal raqsi». Immunolog «superkoronavirus» tug‘ilishidan xavotirda

«Ajal raqsi». Immunolog «superkoronavirus» tug‘ilishidan xavotirda

Foto: «Depositphotos»

Syurix oliy texnika maktabi (Shveysariya) immunologi Say Reddi kelgusi yili koronavirusning yanada xavfli turi paydo bo‘lishi haqida ogohlantirdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

SARS-CoV-2ning mavjud barcha shtammlari bir bo‘lib ko‘plab o‘lim holatlariga olib keluvchi epidemiyaning yangi bosqichini boshlab berishi mumkin. Janubiy Afrikadan tarqalgan beta va kelib chiqishi Braziliyaga taqaluvchi gamma antitanalarga qisman chap beruvchi mutatsiyaga uchrashga ulgurdi, deydi Reddi.

Pandemiyaning navbatdagi bosqichida beta va gamma shtammlarining yuqumlilik darajasi yanada oshadi, delta esa immunitetni chetlab o‘ta oladigan bo‘ladi. Bu mutatsiyalar muqarrar, ta’kidladi olim.

«COVID-22, biz hozir boshdan o‘tkazayotganimizga qaraganda, hatto yomonroq bo‘lishi ham mumkin», — dedi Say Reddi «Blick» gazetasiga bergan intervyusida.

«Immun tizimi va virus — ikki raqqosni eslatadi. Immunitet harakatlanishi bilan virus javob beradi. U bilan «raqsimiz» hali uzoq davom etadi. Ehtimol umrimizning oxirigacha», — dedi u o‘z so‘zlarini yakunlarkan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring