Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SSV koronavirusga chalinganlarni shifoxonadan tashqarida davolashni taqiqlab qo‘ydi

SSV koronavirusga chalinganlarni shifoxonadan tashqarida davolashni taqiqlab qo‘ydi

Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni belgilangan davolash-profilaktika muassasalaridan boshqa joylarda in’yeksion va infuzion dori vositalaridan foydalangan holda davolash va shifokor buyurgan muolajalarni amalga oshirish taqiqlandi, deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirining shu yilning 6 avgust kuni qabul qilingan «Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash mezonlarini tartibga solish va retro-prospektiv tahlil o‘tkazish to‘g‘risida»gi buyrug‘ida batafsil bayon qilingan.

Hujjatga ko‘ra, koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun moslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalaridan tashqarida bemorlarni davolamaslik va belgilangan muolajalarni olib bormaslik to‘g‘risida yurtimizdagi  barcha tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlaridan kafolat xatlari olinadi. Vazirlikning tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi mazkur tartibga amal qilinishini nazoratga oladi.

Nodavlat tibbiyot tashkilotlari rahbarlariga ham ushbu qoidaga amal qilish tavsiya etildi.

Mazkur tartibga rioya qilmagan xodimlar Sog‘liqni saqlash vazirining  shu yilning 5 avgust kuni qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi buyrug‘iga va COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha vaqtinchalik ko‘rsatmalarning 6-nashrida belgilangan tartib va tavsiyalarga zid harakat qilgan deb topilib, javobgarlikka tortilishi qat’iy belgilab qo‘yildi, – deyiladi vazirlik xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring