Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Singapurda COVID-19 vaksinasining klinik sinovlari boshlandi

Singapurda COVID-19 vaksinasining klinik sinovlari boshlandi

Foto: «Travelinlife.ru»

Singapurda koronavirus infeksiyasiga qarshi Lunar-Cov19 nomli vaksinani klinik sinovdan o‘tkazish boshlandi. Bu haqda bugun, ya’ni 12-avgust kuni «TASS» xabar berdi.

Tajribada 21 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan 100 kishi ishtirok etadi. Oktyabrning oxirigacha davom etadigan birinchi bosqich mobaynida olimlar preparatning potensial toksik darajasini baholashadi, shuningdek, organizmdan qanday chiqib ketishini aniqlashadi.

Lunar-Cov19 vaksinasining o‘ziga xosligi shundaki, preparat tarkibida virus butunligicha emas, balki virusning genetik material fragmentlari bo‘ladi xolos. U odam organizmiga tushgach, ushbu elementlar hujayralarni SARS-CoV-2 ga qarshi himoya oqsilini ishlab chiqarishga majburlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring