Shifokorlar hamkasbiga yordam berish o‘rniga uni uyiga jo‘natib yuborishdi va o‘limga mahkum etishdi
Amerikaning Michigan shtati Farmington-Xillz shahrida shifokorlar tibbiyot xodimiga yordam bermasdan, uni o‘limga mahkum etishdi. Bu haqda «WJBK» telestansiyasi saytida xabar berilgan.
Debora Geytvud 31 yil umrini laboratoriya shifokorligiga bag‘ishlagan: u yerda tahlil uchun qon yig‘ish bilan shug‘ullangan. Mart oyida unda koronavirus alomatlari, xususan, quruq yo‘tal va isitma paydo bo‘lganda hamkasblaridan yordam so‘ragan. Shifokorlar Deboraning COVID-19 pnevmoniyasi bilan og‘rib qolganini taxmin qilishgan. Lekin tekshiruv o‘tkazmasdan, izolyasiya uchun uyiga jo‘natib yuborishgan.
Geytvudning qizi Kaylaning aytishicha, shundan keyin onasi yana uch marta shifoxonaga yo‘tal va isitmasi kuchayganidan shikoyat qilib borgan. Biroq uni COVID-19 ga tekshirish o‘rniga, yo‘talga qarshi dori yozib berishgan va uyda o‘tirish tartibiga amal qilishni so‘rashgan.
«U kasallikni ishxonada yuqtirib olgan. Biroq haqiqiy oilasiga aylanib qolgan hamkasblari unga hatto yordam ham berishmadi. Bu juda alamli», — deydi Kayla.
Uyda Geytvudning ahvoli kundan-kunga yomonlashgan. Hushidan ketib qolgandagina shifoxonaga yotqizishgan. Unga ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Bir necha kundan so‘ng vafot etgan.
«Ikkala o‘pkasi ham zararlangan odamga qanday qilib yo‘talga qarshi tabletka va uyda qolishni buyurish mumkin?» — deya achchiqlandi qizi.
Yangi tipdagi koronavirus infeksiyasiga test baribir o‘tkazilmay qoldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter