Shifokor nima uchun Italiyada koronavirus tufayli o‘lim darajasi yuqoriligini izohlab berdi
Shifokor va teleboshlovchi Aleksandr Myasnikov nima uchun Italiyada koronavirus tufayli o‘lim darajasi yuqoriligini izohlab berdi.
Uning fikricha, Italiyada hukumat virusga qarshi kurashishning noto‘g‘ri taktikasini tanlagani uchun shifoxonalar bemorlarga tiqilib qoldi va qimmatli vaqt boy berildi, trevoga ko‘targanda esa «g‘isht qolipdan ko‘chgandi».
Myasnikovning ta’kidlashicha, buning natijasida Italiyada og‘ir alomatlari bo‘lmagan bemorlarni shifoxonada qoldirish va to‘liq izolyasiya qilish o‘rniga uyiga jo‘natib yuborishdi.
«Biroq mana shu «uyda o‘tir» usuli, aftidan, ish bermagan ko‘rinadi: goh qarindoshlari kirishdi, goh itini aylantirgani olib chiqishdi, goh yana nimadir bo‘ldi», — deb yozadi shifokor Telegram kanalida.
Italiya koronavirus tarqalishi bo‘yicha Yevropada birinchi o‘rinda, qurbonlar soni bo‘yicha Xitoyni ham ortda qoldirdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Apennin yarim orolida qariyb 60 mingta yuqtirish holati qayd etilgan bo‘lib, shulardan 5,4 ming nafari hayotdan ko‘z yumdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter