Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor ikki oydan so‘ng yuzaga chiqadigan COVID-19 asoratidan ogohlantirdi

Shifokor ikki oydan so‘ng yuzaga chiqadigan COVID-19 asoratidan ogohlantirdi

Foto: «E1.ru»

Rossiyalik trixolog va dermatovenerolog Yelena Babayeva COVID-19dan tuzalgandan ikki oy o‘tgach yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlar haqida so‘zlab berdi.

«Hozirgi kunda koviddan so‘ng soch to‘kilishi ko‘p kuzatilmoqda. Koronavirus bilan kasallangan odamlarda bir yarim-ikki oydan so‘ng sochlari to‘kila boshlaydi», — dedi u 20 yanvar kuni «E1.ru» portaliga bergan intervyusida.

Biroq shifokor bu asorat tiklanishini va ko‘p o‘tmay soch yana o‘sib chiqishini aytib bemorlarni tinchlantirmoqda.

«Shunchaki reaksiya, keyin hammasi tiklanadi. Juda ko‘p uchraydigan muammo, qabulimga har kuni shunday bemorlar kelishadi. Ammo keyinchalik bularning bari tiklanadi, shunday ekan, odamlar xavotirlanmasa ham bo‘ladi», — deydi Babayeva.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring