Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Serbiyada vaksinadan nojo‘ya ta’sir topganlar soni hisoblandi

Serbiyada vaksinadan nojo‘ya ta’sir topganlar soni hisoblandi

Foto: «Severpost.ru»

Serbiyada koronavirusga qarshi emlanganlarda nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lgan holatlar sonini hisoblab chiqishdi.  Hammasi bo‘lib 62 ta salbiy reaksiya qayd etilgan

Bu asosan in’yeksiya joyidagi reaksiyalar — og‘riq, shish, qizarishdir.  Ba’zilar ukoldan keyin isitma, holsizlik, charchoq va bosh og‘rig‘idan shikoyat qilganlar.

Ushbu alomatlarning aksariyati Pfizer vaksinasidan foydalangandan keyin sodir bo‘lgan — 35 holat.  26 holatda Sinophorm uchun nojo‘ya ta’sirlar qayd etilgan.  Sputnik V vaksinasi bilan bog‘liq faqat bitta noxush holat kuzatilgan.

Ushbu ma’lumotlarni mahalliy televideniye orqali Dori vositalari va tibbiy buyumlar agentligi (ALIMS) vakili Pavle Zelich e’lon qilgan.  Serbiya davlat regulyatorining ma’lumotlariga ko‘ra, shu kungacha 400 mingdan ortiq odam koronavirusga qarshi emlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring